Fuqarolik kodeksi

716-modda. Transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish)

Tashuvchi yuk jo'natuvchiga tegishli yukni tashishga yaroqli shay holdagi transport vositalarini jo'natuvchidan qabul qilingan talabnoma (buyurtma)da, tashish shartnomasida yoki tashishni tashkil etish to'g'risidagi shartnomada belgilangan muddatda yuk ortish uchun berishi shart. Berilgan transport vositalari tegishli yukni tashishga yaroqsiz bo'lsa, yuk jo'natuvchi bunday transportni rad etishga haqli. Yuk ortish (tushirish) transport tashkiloti yoki jo'natuvchi (oluvchi) tomonidan tashish shartnomasida nazarda tutilgan tartibda transport ustavlari, kodekslari hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Yuk jo'natuvchi (oluvchi)ning kuch va vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk ortish (tushirish) ishlari tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddatlar transport ustavlari va kodekslarida hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda belgilab qo'yilgan bo'lmasa, bajarilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.