Yo'lovchi tashish shartnomasi bo'yicha tashuvchi yo'lovchini, yo'lovchi bagaj topshirgan bo'lsa — bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Bunda yo'lovchi belgilangan yo'l haqini, bagaj topshirgan bo'lsa, bagaj tashish haqini ham to'lash majburiyatini oladi.
Yo'lovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli chipta va bagaj pattasi bilan tasdiqlanadi.
Yo'lovchi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda:
o'zi bilan bolalarni bepul yoki boshqa imtiyozli shartlarda olib yurish;
belgilangan miqdor doirasida o'zi bilan bepul bagaj olib yurish;
belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa — tarif bo'yicha haq to'lab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
710-modda. Yo'lovchi tashish shartnomasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.