Fuqarolik kodeksi

706-modda. Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasini buzganlik uchun ijrochining javobgarligi

Ijrochi haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan zararni buyurtmachiga batamom to'lashi shart, lekin bu to'lov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq bo'lishi mumkin emas. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgandan kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.