Fuqarolik kodeksi

701-modda. Shartnomani buzganlik uchun pudratchining javobgarligi

Pudratchi ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasini umuman va tegishli darajada bajarmaganligi uchun, agar shartnomaning buzilishida o'zining aybi yo'qligini isbot qilmasa, buyurtmachi oldida javobgar bo'ladi. Agar shartnomada o'zgacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, buyurtmachining ishlar qiymati doirasida ko'rgan real zararini pudratchi qoplashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.