Ilmiy-tekshirish ishlari yoki tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi bo'yicha pudratchi:
buyurtmachi bilan kelishilgan dastur (texnika-iqtisodiy parametrlar)ga yoki mavzuga muvofiq ishlarni bajarishi va natijasini shartnomada nazarda tutilgan muddatda buyurtmachiga topshirishi;
intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bog'liq talablarga rioya etishi;
bajarilgan ishlarda o'zining aybi bilan yo'l qo'yilgan, buyurtmachining texnikaviy topshirig'ida yoki shartnomada nazarda tutilgan texnika-iqtisodiy parametrlardan chekinishga olib kelishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni o'z kuchi bilan va o'z hisobidan bartaraf etishi;
kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol xabardor qilishi;
bunday shartnomalar asosida topshirilgan natijalarga uchinchi shaxslarda alohida huquqlar yo'qligi haqida buyurtmachiga kafolat berishi shart.
Agar ilmiy-tekshirish yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, pudratchi:
ishlarni bajarish jarayonida qo'lga kiritilgan ilmiy-texnikaviy natijalarni buyurtmachining roziligisiz e'lon qilmasligi;
ishlarni bajarish jarayonida qo'lga kiritilgan huquqiy muhofazaga loyiq natijalarni himoya qilish choralarini ko'rishi va bu haqda buyurtmachini xabardor qilishi;
buyurtmachiga bajarilgan ishlarda qo'llanilgan huquqiy muhofazaga loyiq ilmiy-texnikaviy natijalardan foydalanish haqidagi maxsus litsenziyani berishi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
698-modda. Pudratchining majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.