Pudratchi ilmiy tekshirishlarni shaxsan o'zi olib borishi shart. Agar ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, u buyurtmachining roziligi bilan shartnomani bajarishga uchinchi shaxslarni jalb qilishga haqli.
Pudratchi tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajargan vaqtida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, uni bajarishga uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga haqli. Ijrochi bilan uchinchi shaxslar o'rtasidagi munosabatlarga ushbu Kodeksning 634-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
694-modda. Ishlarni bajarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.