Fuqarolik kodeksi

69-modda. Ishlab chiqarish kooperativlari

(Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан 70-модданинг ўз кучини йўқотиш санаси — 2025 йил 8 май — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон)

Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda a'zolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qo'shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo'jalik faoliyatini olib borish uchun a'zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi. Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining ta'sis hujjatlarida uning faoliyatida a'zolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin. Ishlab chiqarish kooperativining a'zolari kooperativning majburiyatlari bo'yicha qonunda va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar javobgar bo'ladilar. Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek «ishlab chiqarish kooperativi» degan so'zlarni o'z ichiga olgan bo'lishi lozim. Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqei va ular a'zolarining huquq hamda burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan va ishlab chiqarish kooperativining shakli bo'lgan qishloq xo'jaligi kooperativi qo'shma qishloq xo'jaligi kooperativi shaklida ham tashkil etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.