Xo'jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo'jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aktsiyalarning (ulushning) yigirma foizidan ko'prog'iga ega bo'lsa, bunday xo'jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi.
Qaram xo'jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
Qaram xo'jalik jamiyati o'z mulkida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga ega bo'lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olgan qaram xo'jalik jamiyati ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aktsiyadorlari umumiy yig'ilishida ovoz berishga haqli emas.
Xo'jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat qaram jamiyat ustav fondining tegishli qismini qo'lga kiritib olganligi haqidagi ma'lumotlarni qonunda nazarda tutilgan tartibda darhol e'lon qilishi shart.
Xo'jalik jamiyatlari bir-birlarining ustav fondlarida o'zaro qatnashishining chegarasi va bunday jamiyatlardan biri boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishida foydalanishi mumkin bo'lgan ovozlar soni qonunda belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
68-modda. Qaram xo'jalik jamiyati
(68-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 9 январдаги ЎРҚ-459-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 10.01.2018 й., 03/18/459/0536-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.