Fuqarolik kodeksi

677-modda. Qurilish pudrati shartnomasidagi taraflarning hamkorlik qilishi

Agar qurilishni va u bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishda qurilish pudrati shartnomasini tegishli darajada bajarishga to'siqlar borligi ma'lum bo'lsa, taraflarning har biri bunday to'siqlarni bartaraf etish uchun o'ziga bog'liq bo'lgan hamma choralarni ko'rishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taraf tegishli to'siqlar bartaraf etilmaganligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqidan mahrum bo'ladi. Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bir taraf ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatlarni bajarish uchun qilgan xarajatlarni boshqa taraf to'lashi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.