Fuqarolik kodeksi

672-modda. Qurilishni materiallar va uskunalar bilan ta'minlash

Agar shartnomada butun qurilishni yoki uning muayyan qismini moddiy ta'minlash buyurtmachi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo'lmasa, qurilishni materiallar, shu jumladan detallar va konstruktsiyalar, shuningdek uskunalar bilan ta'minlash majburiyati pudratchi zimmasida bo'ladi. Qurilishni ta'minlash majburiyatini zimmasiga olgan taraf o'zi topshirgan materiallar (detallar, konstruktsiyalar)dan, shuningdek uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanib bo'lmasligi vujudga kelganligi uchun, agar foydalanib bo'lmaslik ikkinchi taraf javob beradigan vaziyatlar tufayli vujudga kelganligini isbot qilmasa, javobgar bo'ladi. Buyurtmachi bergan materiallar yoki uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanish mumkin emasligi aniqlangan va buyurtmachi ularni almashtirishdan bosh tortgan taqdirda, pudratchi qurilish pudrati shartnomasidan voz kechishga va buyurtmachidan ishning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda shartnoma narxini to'lashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.