Fuqarolik kodeksi

658-modda. Taklif etilayotgan ish to'g'risida buyurtmachiga axborot berish

Maishiy pudrat shartnomasi tuzilguniga qadar pudratchi taklif qilinayotgan ish, uning turlari va xususiyatlari, bahosi, haq to'lash shakli to'g'risida buyurtmachiga zarur va ishonarli axborotni topshirishi, shuningdek buyurtmachining iltimosiga binoan shartnomaga va tegishli ishga doir ma'lumotlarni unga berishi shart. Agar ishning xususiyati bo'yicha ahamiyati bo'lsa, pudratchi uni bajaradigan aniq shaxsni ko'rsatishi kerak. Pudratchidan olingan axborotning to'liq yoki ishonchli bo'lmaganligi oqibatida buyurtmachi nazarda tutgan xususiyatlarga ega bo'lmagan ishni bajarish to'g'risida shartnoma tuzilgan bo'lsa, buyurtmachi bajarilgan ishga haq to'lamagan holda maishiy pudrat shartnomasini bekor qilishni va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.