Agar ish pudratchi tomonidan pudrat shartnomasidan chetga chiqqan holda bajarilib, ish natijasini yomonlashtirgan bo'lsa, yoki uni shartnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun yoxud shartnomada yaroqsizlik haqida tegishli shartlar bo'lmagan taqdirda, odatdagi maqsadlar uchun foydalanishga yaroqsiz qilib qo'yadigan boshqa kamchiliklar bilan bajarilgan bo'lsa, buyurtmachi, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, o'z xohishiga ko'ra pudratchidan:
kamchiliklarni oqilona muddatda bepul bartaraf etishni;
ish uchun belgilangan bahoni mutanosib ravishda kamaytirishni;
shartnomada buyurtmachining kamchiliklarni bartaraf etish huquqi nazarda tutilgan bo'lsa, ularni bartaraf etishga qilgan o'z xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.
Pudratchi ishdagi o'zi javobgar bo'lgan kamchiliklarni bartaraf etish o'rniga, buyurtmachiga shartnomani bajarishni kechiktirganlik natijasida yetkazgan zararni qoplagan holda ishni yangidan bepul bajarib berishga haqli. Bunday holda buyurtmachi ilgari o'ziga topshirilgan ish natijasini, agar ishning xarakteriga ko'ra uni qaytarib berish mumkin bo'lsa, pudratchiga qaytarib berishi shart.
Agar ishdagi pudrat shartnomasi shartlaridan chetga chiqishlar yoki boshqa xil kamchiliklar jiddiy va bartaraf etib bo'lmaydigan darajada bo'lsa yoxud aniqlangan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan belgilangan oqilona muddatda bartaraf etilmagan bo'lsa, buyurtmachi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va keltirilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Pudrat shartnomasining muayyan kamchilik uchun pudratchini javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi sharti, agar bunday nuqsonlar pudratchining aybli harakatlari yoki harakatsizligi tufayli vujudga kelganligi isbotlansa, pudratchini javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ishni bajarish uchun material bergan pudratchi uning sifati uchun sotuvchining sifati lozim darajada bo'lmagan tovar uchun javobgarligi to'g'risidagi qoidalar bo'yicha javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
650-modda. Ishning sifati lozim darajada bo'lmaganligi uchun pudratchining javobgarligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.