Buyurtmachi pudratchining faoliyatiga aralashmagan holda istalgan vaqtda ishning borishini va sifatini tekshirishga haqli.
Agar pudratchi pudrat shartnomasini bajarishga o'z vaqtida kirishmasa yoki ishni sust bajarishi natijasida uni belgilangan muddatda tugatish mumkin emasligi aniq bo'lib qolsa, buyurtmachi shartnomadan voz kechib, yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Shu bilan birga agar ish kechiktirib bajariladigan bo'lsa, buyurtmachi shartnomaga nisbatan o'z qiziqishini yo'qotganligini isbot qilishi lozim.
Agar ishni bajarish vaqtida uning tegishli darajada bajarilmasligi aniq bo'lib qolsa, buyurtmachi pudratchiga kamchiliklarni yo'qotish uchun oqilona muddat belgilashga va bu talabni pudratchi belgilangan muddatda bajarmagan taqdirda pudrat shartnomasidan voz kechishga yoxud bu kamchiliklarni pudratchi hisobidan tuzatishni boshqa shaxsga topshirishga, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtmachi ish natijasi o'ziga topshirilgunga qadar istagan vaqtda shartnomadan voz kechib, belgilangan bahoning buyurtmachi shartnomadan voz kechganligi to'g'risidagi ogohlantirish olingunga qadar bajarilgan ishga mutanosib qismini to'lashi mumkin. Buyurtmachi pudratchiga shartnomaning bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararni ham bajarilgan ishning bahosi bilan hamma ish uchun belgilangan baho o'rtasidagi farq doirasida to'lashi shart.
lex.uz’dagi asl matn642-modda. Pudratchi ishni bajarayotgan vaqtda buyurtmachining huquqlari
Oddiy tilda
**Pudratchi ishni bajarayotgan vaqtda buyurtmachining huquqlari**
Nimani anglatadi
Buyurtmachi pudratchi bilan tuzilgan shartnomani bajarilish jarayonida nazorat qilish huquqiga ega. Agar pudratchi ishni o'z vaqtida boshlash yoki sifatli bajarishmasa, buyurtmachi shartnomadan voz kechib, zararni qoplatishni talab qilishi mumkin. Agar ish sust bajarilsa, buyurtmachi buning o'ziga zararini isbot qilishi kerak.
Kimga tegishli
Bu huquq pudrat shartnomasiga asosan buyurtmachiga tegishli.
Amalda
Masalan, uy ta'mirlash shartnomasi bo'yicha pudratchi belgilangan muddatda ishni boshlash yoki sust bajarilsa, buyurtmachi unga kamchiliklarni tuzatish uchun muddat berishi yoki boshqa shaxsga topshirib, zararni qoplatishni talab qilishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.