Ustav fondi muayyan aktsiyalar soniga bo'lingan jamiyat aktsiyadorlik jamiyati hisoblanadi; aktsiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aktsiyadorlar) uning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog'liq zarar uchun o'zlariga qarashli aktsiyalar qiymati doirasida javobgar bo'ladilar.
Aktsiyalar haqini batamom to'lamagan aktsiyadorlar aktsiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo'yicha o'zlariga qarashli aktsiyalar qiymatining to'lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo'ladilar.
Aktsiyadorlik jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aktsiyadorlik jamiyati ekanligi o'z ifodasini topishi kerak.
Aktsiyadorlik jamiyatining huquqiy mavqei hamda aktsiyadorlarning huquq va burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
64-modda. Aktsiyadorlik jamiyati
(64-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.