Fuqarolik kodeksi

627-modda. Tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish

Ssuda beruvchi quyidagi hollarda shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli, agar ssuda oluvchi: ashyodan shartnomaga yoki ashyoning vazifasiga muvofiq foydalanmasa; ashyoni soz holatda saqlash yoki uni asrash majburiyatlarini bajarmasa; ashyoning holatini ancha yomonlashtirsa; ssuda beruvchining roziligisiz ashyoni uchinchi shaxsga bergan bo'lsa. Ssuda oluvchi quyidagi hollarda tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli: ashyodan normal foydalanishni mumkin bo'lmaydigan yoki qiyin qilib qo'yadigan nuqsonlarni aniqlagan bo'lsa, bu nuqsonlar xususida shartnoma tuzish paytida bilmagan va bilishi mumkin bo'lmagan taqdirda; agar o'zi javobgar bo'lmagan holatlarga ko'ra ashyo undan foydalanish mumkin bo'lmaydigan holatga kelib qolsa; agar shartnoma tuzishda ssuda beruvchi uni topshirilayotgan ashyoga nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari to'g'risida ogohlantirmagan bo'lsa; ssuda beruvchi ashyoni yoki unga mansub ashyolarni va tegishli hujjatlarni berish majburiyatini bajarmasa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.