Fuqarolik kodeksi

624-modda. Ashyoning tasodifan nobud bo'lish yoki tasodifan buzilish xavfi

Agar ssuda oluvchi ashyodan shartnomaga yoki uning vazifasiga nomuvofiq holda foydalanishi yoxud uni ssuda beruvchining roziligisiz uchinchi shaxsga berishi tufayli ashyo nobud bo'lsa yoki buzilsa, tekin foydalanish uchun olingan ashyoning tasodifan nobud bo'lish yoki tasodifan buzilish xavfi ssuda oluvchining zimmasida bo'ladi. Ssuda oluvchi o'z ashyosidan voz kechib, ssudaga berilgan ashyoning nobud bo'lishi yoki buzilishini bartaraf qilish imkoniyatiga ega bo'lgan bo'lsa ham, ashyoning tasodifan nobud bo'lish yoki tasodifan buzilish xavfi uning zimmasida bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.