Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.
Uy-joyni ijaraga oluvchi o'zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi:
agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo'lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan uy-joy uchun olti oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan haq to'lash muddati o'tganidan keyin ikki martadan ko'proq haq to'lanmagan bo'lsa;
ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo'lgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa;
uy-joydan g'ayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan bo'lsa, ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi:
agar uy-joy doimiy yashash uchun yaroqli bo'lmay qolsa, shuningdek avariya holatiga kelib qolsa;
uy-joy to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda shartnomadagi istalgan tarafning talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
Agar uy-joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo'lgan boshqa fuqarolar uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmasalar yoxud muntazam ravishda qo'shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarliklarga barham berish zarurligi to'g'risida ogohlantirishi mumkin.
Agar ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo'lgan boshqa fuqarolar ogohlantirish olganlardan keyin ham uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmaslikni yoki qo'shnilarning huquq va manfaatlarini buzishni davom ettirsalar, ijaraga beruvchi uy-joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo'lgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn615-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish
(615-модда тўртинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan yoki qonuniy asoslar bo'yicha bekor qilinishi mumkin. Ijaralovchi uch oy avval ogohlantirish orqali shartnomani tugatishi, ijarachisi esa uy-joyni vayron qilish, qonun buzish yoki noto'g'ri foydalanish holatida shartnomani bekor qilishi mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu qoida uy-joyni ijaraga beruvchi va oluvchi orasidagi munosabatlarga tegishli.
**Amalda**
Ijarachisi uy-joyda doimiy shum-shuvni qilsa yoki qo'shnilarning tinchligini buzsa, ijaralovchi uni ogohlantiradi. Agar buzarlik davom etsa, ijaralovchi sud orqali shartnomani bekor qilishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.