Fuqarolik kodeksi

6-modda. Ish muomalasi odatlari. Mahalliy odat va an'analar

(6-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo'llaniladigan, qonunchilikda nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qat'i nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi. Fuqarolik qonunchiligida tegishli normalar bo'lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an'analar qo'llaniladi. Tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo'lgan qonunchilik normalariga yoki shartnomaga zid bo'lgan ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va an'analar qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.