Fuqarolik kodeksi

589-modda. Lizing sub'yektlari

(589-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 13 декабрдаги 447–II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2003 й., 1-сон, 8-модда)

Kelajakda lizing oluvchiga lizing bo'yicha topshirish maqsadida mol-mulkni o'ziga mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb tan olinadi. Egalik qilish va foydalanish uchun lizing ob'yektini oladigan shaxs lizing oluvchi deb hisoblanadi. Lizing beruvchi lizing ob'yektini kimdan olayotgan bo'lsa, shu shaxs sotuvchi deb e'tirof etiladi. Lizing beruvchi mol-mulkni bo'lajak foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni sotuvchiga lizing bo'yicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida uni mablag' bilan ta'minlagan taqdirda bir shaxsning o'zi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi bo'lishiga yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.