Korxonani ijaraga oluvchi ijara shartnomasi amal qilib turgan butun vaqt mobaynida korxonani tegishli texnik holatda saqlab turishi, shu jumladan uni joriy ta'mirlashi va shartnomada nazarda tutilgan hollarda kapital ta'mirlashi shart.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ijaraga olingan korxonani ishlatish bilan bog'liq xarajatlar, shuningdek ijaraga olingan mol-mulkni sug'urtalash bo'yicha to'lovlar, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar ijaraga oluvchi zimmasiga yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
582-modda. Ijaraga oluvchining korxonani saqlash va uni ishlatish xarajatlarini to'lash bo'yicha majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.