Mulk ijarasi shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar ijaraga oluvchi:
ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramasdan mol-mulkdan shartnoma shartlarini yoki mol-mulkning vazifalarini jiddiy ravishda buzgan yoxud bir necha marta buzgan holda foydalansa;
mol-mulkni jiddiy yomonlashtirsa;
shartnomada belgilangan to'lov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to'lamasa;
qonunchilikka yoki shartnomaga muvofiq kapital ta'mirlash ishlarini bajarish ijaraga oluvchi zimmasidagi majburiyat bo'lgan hollarda shartnomada belgilangan muddatlarda, shartnomada bunday muddat belgilangan bo'lmasa, oqilona muddatlarda mol-mulkni kapital ta'mirlashni amalga oshirmasa.
Mulk ijarasi shartnomasida ushbu Kodeksning 382-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ijaraga beruvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini yozma ravishda ogohlantirganidan va unga o'z majburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat berganidan keyingina shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
551-modda. Ijaraga beruvchining talabi bo'yicha mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
(551-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.