Ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkning undan foydalanishga to'liq yoki qisman to'sqinlik qiladigan kamchiliklari uchun, hatto u shartnoma tuzish vaqtida bular haqida bilmagan bo'lsa ham, javobgardir. Bunday kamchiliklar aniqlanganda ijarachi o'z xohishiga ko'ra:
ijaraga beruvchidan yo mol-mulkdagi kamchiliklarni tekinga bartaraf etishni yoki mol-mulkdan foydalanganlik haqini mutanosib kamaytirishni yoxud mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun qilgan o'z xarajatlarini qoplashni talab qilishga;
ijaraga beruvchini oldindan ogohlantirgan holda o'sha kamchiliklarni bartaraf etishga sarflagan xarajatlari summasini mol-mulkdan foydalanganlik uchun to'lanadigan haqdan bevosita chegirib qolishga;
shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
Ijaraga oluvchining talablaridan yoki uning mol-mulkdagi kamchiliklarni ijaraga beruvchi hisobidan bartaraf etish niyatidan xabardor qilingan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni tegishli holatda bo'lgan boshqa shunday mol-mulk bilan darhol almashtirib berishi yoki mol-mulkdagi kamchilikni tekinga bartaraf etishi mumkin.
Agar ijaraga oluvchining talablarini qanoatlantirish yoxud uning kamchiliklarni bartaraf etish xarajatlarini mol-mulkdan foydalanganlik uchun to'lanadigan haqdan chegirib qolishi ijaraga oluvchi ko'rgan zararni qoplamasa, u zararning qoplanmagan qismini to'lashni talab qilishga haqli.
Shartnoma tuzish vaqtida ijaraga beruvchi oldindan aytib qo'ygan yoki ijaraga oluvchiga oldindan ma'lum bo'lgan yoxud shartnomani tuzishda yoki mol-mulkni ijaraga topshirish paytida uni ko'zdan kechirganda yoxud uning sozligini tekshirganda ijaraga oluvchi aniqlashi kerak bo'lgan kamchiliklar uchun ijaraga beruvchi javobgar bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn542-modda. Ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar uchun ijaraga beruvchining javobgarligi
Oddiy tilda
**Ijaraga beruvchining javobgarligi**
Nimani anglatadi
Ijaraga beruvchi ijara qilingan narsada bo'lgan nuqsonlar uchun javobgardir, hatto u buni bilmagan bo'lsa ham. Agar narsada muammo bo'lsa, ijarachi uni ta'mir qildirishni, haqni kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin.
Kimga tegishli
Bu qoida ijaraga beruvchi va ijarachi o'rtasidagi munosabatlarga tegishli.
Amalda
Siz uyni ijara oldingiz, lekin devor shilonib ketgan. Ijaraga beruvchi bu nuqsonni ta'mir qilishi kerak yoki siz haqdan kamaytirishni talab qilishingiz mumkin. Agar u ta'mir qilmasa, shartnomani bekor qilishga haqli.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.