Agar uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani oluvchi umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmasa yoki tegishli darajada bajarmasa, boshqa shaxsga beruvchi ta'minotni vaqti-vaqti bilan haq tarzida to'lab turishga almashtirishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin.
Agar oluvchining moddiy ahvoli o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra boshqa shaxsga beruvchiga shartlashilgan ta'minotni bera olmaydigan darajada o'zgarsa yoki boshqa shaxsga beruvchi mehnat qobiliyatini tiklasa, umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi oluvchining talabiga ko'ra bekor qilinishi mumkin.
Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha bekor qilingan taqdirda uy (uyning bir qismi), kvartira boshqa shaxsga beruvchiga qaytarilishi lozim.
Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi boshqa shaxsga beruvchining talabiga ko'ra bekor qilingan taqdirda oluvchi shartnoma amalda bo'lgan vaqtda boshqa shaxsga beruvchini ta'minlash va uyni (uyning bir qismini), kvartirani saqlab turishga qilgan xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
533-modda. Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasini o'zgartirish yoki bekor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.