Fuqarolik kodeksi

53-modda. Yuridik shaxsni tugatish

(53-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1104-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1104/1213-сон)

Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o'tmasdan bekor qilinishiga olib keladi. Yuridik shaxs quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta'sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan ko'zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chog'ida qonunchilik buzilishiga yo'l qo'yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo'lmasa, sud yuridik shaxsni ro'yxatdan o'tkazishni haqiqiy emas deb topganida; faoliyat litsenziyasiz, faoliyat (harakatlar) ruxsatnomasiz yoxud vakolatli organni xabardor qilmasdan amalga oshirilgan yoki qonunda taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga ko'ra. moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi sababli belgilangan tartibda davlat soliq organining taqdimnomasiga asosan harakatsiz rejimga o'tkazilgan paytdan e'tiboran bir yil ichida o'z faoliyatini tiklamagan taqdirda, ro'yxatdan o'tkazuvchi organning qaroriga ko'ra, bundan nodavlat notijorat tashkilotlari mustasno. Sudning yuridik shaxsni tugatish to'g'risidagi qarorida uning muassislari (ishtirokchilari) yoxud yuridik shaxsning ta'sis hujjatlari bilan uni tugatishga vakil qilingan organ zimmasiga yuridik shaxsni tugatishni amalga oshirish vazifasi yuklatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.