Umrbod renta mulkini renta to'lash sharti bilan topshirayotgan fuqaro hayot bo'lgan davrga yoki u ko'rsatgan boshqa fuqaro hayot bo'lgan davrga belgilanishi mumkin.
Umrbod rentani bir necha fuqaro foydasiga belgilashga yo'l qo'yiladi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, renta oluvchilarning biri vafot etgan taqdirda uning renta olish huquqidagi ulushi undan keyin hayot bo'lgan renta oluvchilarga o'tadi, oxirgi renta oluvchi vafot etgan taqdirda renta to'lash majburiyati bekor bo'ladi.
Shartnoma tuzilgan paytgacha vafot etgan fuqaro foydasiga umrbod renta belgilaydigan shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy emas.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
525-modda. Umrbod renta oluvchilar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.