Doimiy rentani to'lovchi uni sotib olish yo'li bilan bundan buyon renta to'lashdan bosh tortishga haqli. Agar renta to'lovchi renta to'lashdan bu tarzda bosh tortishini renta to'lashni to'xtatishidan kamida uch oy yoki shartnomada nazarda tutilganidek undan ham avvalroq yozma ravishda ma'lum qilgan bo'lsa, bunday bosh tortish haqiqiy hisoblanadi. Bunda renta to'lash majburiyati, agar shartnomada sotib olishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo'lmasa, renta oluvchi sotib olish summasining hammasini olib bo'lgunga qadar to'xtatilmaydi.
Shartnomaning doimiy renta to'lovchi uni sotib olish huquqidan voz kechishi to'g'risidagi sharti o'z-o'zidan haqiqiy emas.
Shartnomada doimiy rentani sotib olish huquqini renta oluvchi hayotligida yoki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o'ttiz yildan oshmaydigan muddat mobaynida amalga oshirib bo'lmasligi nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
521-modda. To'lovchining doimiy rentani sotib olish huquqi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.