Doimiy renta pul bilan to'lanib, u renta to'lash sharti bilan topshirilgan mol-mulkka o'xshash mol-mulkni ijaraga berishda qo'llaniladigan mol-mulkdan foydalanish haqining o'rtacha stavkasi doirasida shartnoma bilan belgilanadigan miqdorda, renta to'lash sharti bilan pul summasi topshirilganda esa ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan bank foizining tegishli darajada joriy etilgan stavkasi doirasida bo'ladi.
Shartnomada rentaning pul summasiga teng qiymatdagi ashyolarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko'rsatish yo'li bilan ham renta to'lash nazarda tutilishi mumkin.
Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi o'zgarsa, to'lanadigan renta miqdori ham mutanosib ravishda o'zgaradi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
519-modda. Doimiy renta shakli va miqdori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.