Fuqarolik kodeksi

515-modda. Ko'chmas mulkdan renta olish

Renta to'lash sharti bilan berilgan yer uchastkasi, korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko'chmas mol-mulkdan renta olinadi. Renta to'lovchi bunday mol-mulkni boshqa shaxsga bergan taqdirda renta shartnomasi bo'yicha uning majburiyatlari mol-mulkni oluvchiga o'tadi. Renta olinadigan ko'chmas mulkni boshqa shaxsga mulk qilib bergan shaxs, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki shartnomada bu majburiyat bo'yicha solidar javobgarlik nazarda tutilmagan bo'lsa, renta oluvchining renta shartnomasi buzilgani tufayli kelib chiqqan talablari bo'yicha boshqa shaxs bilan subsidiar javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.