Fuqarolik kodeksi

51-modda. Topshirish hujjati va taqsimlash balansi

Topshirish hujjati va taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari bo'yicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar bo'yicha ham, huquqiy vorislik to'g'risidagi qoidalarni o'z ichiga olgan bo'lishi kerak. Topshirish hujjati va taqsimlash balansi yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) tomonidan yoki yuridik shaxslarni qayta tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi hamda ta'sis hujjatlari bilan birga yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yoki mavjud yuridik shaxslarning ta'sis hujjatlariga o'zgartishlar kiritish uchun taqdim etiladi. Ta'sis hujjatlari bilan birga tegishincha topshirish hujjatini yoki taqsimlash balansini taqdim etmaslik, shuningdek ularda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning majburiyatlari bo'yicha huquqiy vorislik to'g'risidagi qoidalarning yo'qligi yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazishning rad etilishiga olib keladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.