Fuqarolik kodeksi

50-modda. Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik

(50-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Yuridik shaxslar qo'shib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish hujjatida ko'rsatilganligidan yoki ko'rsatilmaganligidan qat'i nazar yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o'tadi. Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo'shilganida, bu yuridik shaxsga qo'shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatida ko'rsatilganligidan yoki ko'rsatilmaganligidan qat'i nazar o'tadi. Yuridik shaxs bo'lingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o'tadi. Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga o'tadi. Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida (tashkiliy-huquqiy shakli o'zgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatida ko'rsatilganligidan yoki ko'rsatilmaganligidan qat'i nazar yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o'tadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.