Yuridik shaxs o'z majburiyatlari bo'yicha o'ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Mulkdor tomonidan moliyaviy ta'minlanadigan muassasa o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu Kodeks 76-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida javob beradi.
Yuridik shaxsning muassisi (ishtirokchisi) yoki uning mol-mulkining mulkdori yoxud yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiruvchi shaxs, shuningdek qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxs yuridik shaxsning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydi, yuridik shaxs esa muassisning (ishtirokchining) yoki mulkdorning yoxud yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiruvchi shaxsning yoki qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydi, bundan ushbu Kodeksda yoki yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar yuridik shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi shu yuridik shaxs uchun majburiy ko'rsatmalarni berish huquqiga ega bo'lgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining yoxud yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiruvchi shaxsning yoki qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning g'ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo'lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga qonunga muvofiq uning majburiyatlari bo'yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Muassis (ishtirokchi) yoki yuridik shaxs mol-mulkining mulkdori shu yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirdagina majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega.
Yuridik shaxs uchun majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega bo'lgan muassis (ishtirokchi) yoki mulkdor yoxud yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiruvchi shaxs yoki qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxs yuridik shaxsning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida to'lovga qobiliyatsiz bo'lib qolishini oldindan bilib, o'z huquqidan uning shunday harakatni amalga oshirishini ko'zlab foydalangan holdagina yuridik shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi ular tomonidan vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn48-modda. Yuridik shaxsning javobgarligi
(48-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Yuridik shaxs (kompaniya, tashkilot) o'z qarzlarini to'lash uchun faqat o'zining mol-mulki bilan javobgardir. Agar yuridik shaxs to'lova olmasa, uning egasi yoki rahbari shaxsan javob bermaydi. Lekin agar rahbar yoki eganing noqonuniy ishi tufayli yuridik shaxs qarz to'laya olmasa, u holda shu shaxs qo'shimcha javobgarlik ko'tarishishi mumkin.
KIMGA TEGISHLI
Bu qoida barcha yuridik shaxslarga — kompaniyalar, tashkilotlar, muassasalarga tegishli.
AMALDA
Aktsiyadorlik jamiyati 100 million so'm qarz oldi. Bosh direktori bu pulni o'z shaxsiy ishiga ishlatib yubordi. Jamiyat qarz to'laya olmadi. Direktori shaxsan bu qarzni to'lashi kerak bo'ladi, chunki uning noqonuniy harakati tufayli jamiyat qarz to'laya olmadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.