Energiya berishdagi uzilishlarga, energiya berishni to'xtatish yoki cheklashga taraflar kelishuviga muvofiq yo'l qo'yiladi, abonentga qarashli energetika qurilmalarining qoniqarsiz ahvoli avariya xavfini keltirib chiqarishi mumkinligi yoki fuqarolar hayoti va xavfsizligiga tahdid tug'dirayotgani davlat energetika nazorati organi tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Energiya bilan ta'minlovchi tashkilot abonentni energiya berishdagi uzilishlar, energiya berishni to'xtatish yoki cheklash to'g'risida ogohlantirishi lozim.
Abonent bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq unga darhol xabar bergan holda energiya berishni vaqtincha uzib qo'yish, to'xtatish yoki cheklashga energiya bilan ta'minlovchi tashkilot tizimida avariyaning oldini olish yoki uni tugatish uchun kechiktirib bo'lmaydigan choralarni ko'rish zarur bo'lgan hollarda yo'l qo'yiladi.
Energiya ta'minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent bo'lgan taqdirda u energiya bilan ta'minlovchi tashkilotga ma'lum qilish va foydalanilgan energiya haqini to'liq to'lash sharti bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.
Energiya ta'minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent bo'lgan taqdirda abonent o'zi foydalangan energiya haqini to'lamagani tufayli energiya bilan ta'minlovchi tashkilot shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega, bunda u shartnomani bajarishdan bosh tortishdan kamida bir oy oldin abonentni bu haqda ogohlantirishi lozim.
Energiya ta'minoti shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs abonent bo'lgan hollarda energiya bilan ta'minlovchi tashkilot ushbu Kodeksning 455-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga haqli, qonunchilikda belgilab qo'yilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn476-modda. Energiya ta'minoti shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish
(476-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Energiya ta'minoti shartnomasini tomonlar o'zaro kelishib bekor qilishi yoki o'zgartirilishi mumkin. Energiya kompaniyasi xavfli vaziyatda (avariya, xavfsizlik tahdidi) abonentni ogohlantirmasdan energiya berishni vaqtincha to'xtatishi mumkin. Fuqaro abonent haqini to'lab shartnomani bir tomonlama bekor qilishi, energiya kompaniyasi esa haq to'lanmagani uchun bir oy oldin ogohlantirgan holda shartnomani to'xtatishi mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu qoida energiya ta'minot shartnomasining tomonlari — energiya kompaniyalari va abonentlarga (fuqarolar va yuridik shaxslarga) tegishli.
**Amalda**
Uy xo'jaligi haqini to'lamaydigan fuqaro abonentga energiya kompaniyasi bir oy oldin xabar bergan holda gaz yoki elektr berishni to'xtatishi mumkin. Yoki avariya xavfi bo'lsa, darhol berishni uzib qo'yishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.