Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama (to'liq yoki qisman) bosh tortishga taraflarning biri shartnomani jiddiy buzgan taqdirda yo'l qo'yiladi.
Mahsulot yetkazib beruvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
tegishli darajada sifatli bo'lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib bo'lmaydigan kamchiliklarga ega bo'lgan tovarlarni yetkazib berish;
tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.
Sotib oluvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
tovarlar haqini to'lash muddatlarini bir necha bor buzish;
tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik.
Taraflarning kelishuvida mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish yoki uni bir tomonlama o'zgartirishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki o'zgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan yoki taraflar kelishuvida belgilanmagan bo'lsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan to'la yoki qisman bir taraflama bosh tortish to'g'risida bildirish xati olgan paytdan boshlab o'zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn455-modda. Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bir tomonlama bekor qilish — bu bitta tomon (sotuvchi yoki xaridor) shartnomani o'z ixtiyori bilan tugatishi. Buni faqat ikkinchi tomon jiddiy shartnom buzgan taqdirda qilish mumkin. Jiddiy buzish deb tovarning sifati yomon bo'lishi, muddatni bir necha bor buzish yoki to'lovni kechiktirish hisoblanadi.
Kimga tegishli
Bu huquq sotuvchi va xaridor ikkalasiga tegishli, agar biri shartnomani jiddiy buzgan bo'lsa.
Amalda
Xaridor tovarni vaqtida olmadi va muddatni uchta bor buzdi. Sotuvchi bu jiddiy buzish deb hisobladi va shartnomani bekor qilish to'g'risida xat yubordi. Xat olgan kundan shartnoma o'zgartirilgan hisoblanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.