Fuqarolik kodeksi

449-modda. Yetkazib beriladigan tovarlar uchun hisob-kitoblar

Sotib oluvchi yetkazib beriladigan tovarlar haqini shartnomada nazarda tutilgan hisob-kitoblar tartibi va shakliga amal qilgan holda to'laydi. Agar taraflar kelishuvida hisob-kitoblar tartibi va shakli belgilanmagan bo'lsa, hisob-kitoblar to'lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi. Agar shartnomada tovarlarni to'plamga kiradigan alohida qismlar bo'yicha yetkazib berish nazarda tutilgan bo'lsa, sotib oluvchi tovarlar haqini, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, to'plamga kiradigan so'nggi qism jo'natilganidan (tanlab olinganidan) keyin to'laydi. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlar haqi oluvchi (to'lovchi) tomonidan to'lanishi nazarda tutilgan bo'lsa va u haq to'lashdan asossiz bosh tortsa yoki tovarlar haqini shartnomada belgilangan muddatda to'lamagan bo'lsa, yetkazib beruvchi sotib oluvchidan yetkazib berilgan tovarlar haqini to'lashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.