Fuqarolik kodeksi

445-modda. To'liq yetkazib berilmagan tovarlar o'rnini to'ldirganda ularning assortimenti

To'liq yetkazib berilmagan tovarlarning o'rni to'ldirilishi kerak bo'lganida ularning assortimenti taraflar kelishuvi bilan belgilanadi. Bunday kelishuv bo'lmaganida mahsulot yetkazib beruvchi to'liq yetkazib berilmagan tovarlar o'rnini to'liq yetkazib bermaslikka yo'l qo'yilgan davr uchun belgilangan assortimentda to'ldirishga majbur. Bir nomdagi tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgandan ko'proq miqdorda yetkazib berish shu assortimentga kiradigan boshqa nomdagi to'liq yetkazib berilmagan tovarlar o'rnini to'ldirish sifatida hisobga olinmaydi va uning o'rni to'ldirilishi lozim, bunday yetkazib berish sotib oluvchining oldindan bergan yozma roziligi bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.