But bo'lmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi o'z ixtiyoriga ko'ra sotuvchidan:
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega.
Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash to'g'risidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o'z ixtiyoriga ko'ra:
butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga;
oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun to'langan pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar sotuvchining sotib oluvchiga but tovarlarni topshirish majburiyati buzilgan hollarda ham qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
413-modda. But bo'lmagan tovarni topshirish oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.