Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tovarning tasodifan nobud bo'lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi sotuvchi tovarni sotib oluvchiga topshirish bo'yicha o'z majburiyatini qonun yoki shartnomaga muvofiq bajargan deb hisoblangan paytdan boshlab sotib oluvchiga o'tadi.
Agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, yo'lda bo'lgan paytida sotilgan tovarning tasodifan nobud bo'lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi shartnoma tuzilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga o'tadi.
Oldi-sotdi shartnomasining tovar tasodifan nobud bo'lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi u birinchi tashuvchiga topshirilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga o'tishi haqidagi sharti, agar shartnoma tuzilgan paytda sotuvchi tovar yo'qolgani yoki shikastlanganini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan bo'lsa va bu haqda sotib oluvchiga ma'lum qilmagan bo'lsa, sotib oluvchi talabiga ko'ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn392-modda. Tovarning tasodifan nobud bo'lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfining o'tishi
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Tovarning tasodifan nobud bo'lishi yoki shikastlanishi xavfi — bu sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasida kim javobgarlik o'tkazishini belgilovchi qoida. Agar tovar yo'qolsa yoki buzilsa, sotib oluvchi uni qaytarish yoki pul qaytarish talabini kim qo'yishi mumkinligini aniqlaydi. Xavf o'tishi demak, javobgarlik o'tishini anglatadi.
Kimga tegishli
Bu qoida sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasidagi barcha oldi-sotdi munosabatlariga tegishli.
Amalda
Dukonda kiyim sotib oldingiz. Uyga yetib borganda kiyim buzilgan ekanini ko'rdingiz. Agar dukonda qabul qilgan vaqtdan boshlab xavf sizga o'tgan bo'lsa, siz dukonga shikoyat qila olmaysiz. Lekin agar sotuvchi buzilganini bilgan bo'lsa, u javobgardir.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.