Agar shartnomaning mazmunidan boshqacha tartib anglashilmasa, u kim oshdi savdosini o'tkazish yo'li bilan tuzilishi mumkin. Shartnoma kimoshdi savdosida g'olib chiqqan shaxs bilan tuziladi.
Ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi yoxud ixtisoslashgan tashkilot kimoshdi savdosining tashkilotchisi bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan tashkilot ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi va ular nomidan yoki o'z nomidan harakat qiladi.
Ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda ko'rsatilgan hollarda ashyoni yoki mulkiy huquqni sotish to'g'risidagi shartnomalar faqat kimoshdi savdosi o'tkazish yo'li bilan tuzilishi mumkin.
Kimoshdi savdosi auktsion yoki tanlov shaklida o'tkaziladi.
Kimoshdi savdosining shakli, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, sotiladigan ashyoning mulkdori yoki sotiladigan mulkiy huquqning egasi tomonidan belgilanadi.
Faqat bitta ishtirokchi qatnashgan auktsion va tanlov o'tkazilmagan hisoblanadi.
Ushbu Kodeksning 380 va 381-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, sud qarorini ijro etish tartibida o'tkaziladigan kimoshdi savdosiga nisbatan ham qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
379-modda. Kimoshdi savdosida shartnoma tuzish
(379-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.