Fuqarolik kodeksi

37-modda. Vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaro qaytib kelishining oqibatlari

Vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning qayerda turganligi ma'lum bo'lgan taqdirda, uni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinadi. Fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin u har qanday shaxsdan bu shaxsga bepul o'tib qolgan mavjud mol-mulkini o'ziga qaytarib berishni uch yil mobaynida sud orqali talab qilishga haqli, ushbu Kodeksning 229-moddasi ikkinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaroning mol-mulki uning vorislari tomonidan uchinchi shaxslarga sotilgan bo'lib, bu shaxslar xarid narxini fuqaro qaytib kelgan paytgacha batamom to'lamagan bo'lsalar, bu holda to'lanmagan summani talab qilish huquqi qaytib kelgan fuqaroga o'tadi. Vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaroning mol-mulkini haq to'lashni nazarda tutadigan bitimlar asosida olgan shaxslar mol-mulkni vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaroning tirikligini bila turib sotib olganliklari isbotlansa, ular fuqaroga bu mol-mulkni qaytarib berishlari shart. Bunday mol-mulkni asli holida qaytarib berishning imkoni bo'lmasa, uning qiymati to'lanadi. Agar vafot etgan deb e'lon qilingan shaxsning mol-mulki meros huquqi bo'yicha davlatga o'tgan va sotib yuborilgan bo'lsa, fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin unga mol-mulkni sotishdan tushgan pul qaytarib beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.