Fuqarolik kodeksi

366-modda. Shartnomaning shakli

Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma'lum bir shakl belgilab qo'yilgan bo'lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin. Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart bo'lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan e'tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro'yxatdan o'tkazilishi zarur bo'lganda esa — shartnoma ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan e'tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo'lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo'lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi. Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo'li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo'li bilan tuzilishi mumkin. Agar shartnoma tuzish haqidagi yozma taklif ushbu Kodeks 370-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibda olingan bo'lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.