Shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo'lib qoladi. O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalaridan ajratiladigan mablag'lar bo'yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar, shuningdek ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar g'aznachilik organlarida ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin kuchga kiradi.
Taraflar o'zlari tuzgan shartnomaning shartlarini ularning shartnoma tuzishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo'llaniladi deb belgilab qo'yishga haqlidirlar.
Qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning shartnoma bo'yicha majburiyatlari bekor bo'lishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin.
Bunday shart yozib qo'yilmagan shartnoma taraflar majburiyatni bajarishining shartnomada belgilab qo'yilgan oxirgi muddatigacha amal qiladi, deb hisoblanadi.
Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
357-modda. Shartnomaning amal qilishi
(357-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.