Fuqarolik kodeksi

331-modda. Xususiy belgili ashyoni topshirish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari

(331-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Xususiy belgili ashyoni kreditorning mulki qilib, operativ boshqaruviga yoki foydalanishiga topshirish majburiyati bajarilmagan taqdirda kreditor bu ashyoni olib qo'yishni va majburiyatda nazarda tutilgan shartlar asosida o'ziga topshirishni talab qilishga haqli. Bu huquq ashyo bir xil huquqqa ega bo'lgan uchinchi shaxsga topshirilgan bo'lsa, bekor bo'ladi. Agar ashyo hali topshirilmagan bo'lsa, vaziyat qaysi kreditorning foydasiga oldinroq vujudga kelgan bo'lsa, o'sha kreditor ustunlikka ega bo'ladi, basharti buni aniqlash mumkin bo'lmasa, oldin da'vo qo'zg'atgan kreditor ustunlikka ega bo'ladi. Kreditor majburiyat narsasi bo'lgan ashyoni o'ziga topshirishni talab qilish o'rniga, zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.