Fuqarolik kodeksi

320-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shakli

Oddiy yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish o'sha shaklda amalga oshirilishi kerak. Davlat ro'yxatidan o'tkazish talab qilinadigan bitim bo'yicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu bitimni ro'yxatga olish uchun belgilab qo'yilgan tartibda ro'yxatga olinishi kerak. Orderli qimmatli qog'oz bo'yicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu qimmatli qog'ozga indossament (talab qilish huquqini o'tkazish yozuvi) yo'li bilan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.