Fuqarolik kodeksi

298-modda. Kafillikning bekor bo'lishi

Kafillik bilan ta'minlangan majburiyat bekor bo'lgach, shuningdek ushbu majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda o'zgartirilgan taqdirda kafillik bekor bo'ladi. Kafillik bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarz boshqa shaxsga o'tkazilganida, agar kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo'lish haqida kreditorga rozilik bergan bo'lmasa, shuningdek kafil ta'minlagan majburiyatni bajarish muddati kelganida kreditor qarzdor yoki kafil taklif qilgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortsa, kafillik bekor bo'ladi. Shartnomada ko'rsatilgan kafillik muddati o'tganidan keyin kafillik bekor bo'ladi. Agar bunday muddat belgilangan bo'lmasa, kreditor kafillik bilan ta'minlangan majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab bir yil davomida kafilga da'vo qo'zg'atmagan taqdirda kafillik bekor bo'ladi. Agar asosiy majburiyatni bajarish muddati ko'rsatilmagan va belgilanishi mumkin bo'lmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilangan bo'lsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir yil mobaynida kafilga nisbatan da'vo qo'zg'atmagan taqdirda kafillik bekor bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.