Fuqarolik kodeksi

290-modda. Ushlab qolish asoslari

Qarzdorga yoki qarzdor ko'rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo'lgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bog'liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to'lash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab qolishga haqli. Garchi ashyoning haqini to'lash yoki uning chiqimlarini va boshqa zararni to'lash bilan bog'liq bo'lmasa-da, biroq taraflari tadbirkorlar sifatida ish ko'rayotgan majburiyatdan kelib chiqqan talablar ham ashyoni ushlab qolish bilan ta'minlanishi mumkin. Ashyo kreditor egaligiga o'tganidan keyin unga bo'lgan huquqlar uchinchi shaxs tomonidan olinganligiga qaramasdan, kpeditor o'z qo'lidagi bu ashyoni ushlab qolishi mumkin. Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ushbu moddaning qoidalapi qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.