Fuqarolik kodeksi

288-modda. Muomaladagi tovarlar garovi

(288-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Tovarlarni garovga qo'yib, ularni garovga qo'yuvchida qoldirish va ularning umumiy qiymati garov to'g'risidagi shartnomada ko'psatilganidan kamaymasligini shart qilib qo'ygan holda garovga qo'yuvchiga garovga qo'yilgan mol-mulkning tarkibi va asl shaklini (tovar zaxiralari, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va shu kabilar) o'zgartirish huquqining berilishi muomaladagi tovarlar garovi hisoblanadi. Garovga qo'yilgan muomaladagi tovarlar qiymatining kamayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, garov bilan ta'minlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mos keladigan darajada yo'l qo'yiladi. Garovga qo'yuvchi tomonidan boshqa shaxslapga bepilgan muomaladagi tovarlar egallovchining mulkiga yoki operativ boshqaruviga o'tgan paytdan boshlab garov narsasi bo'lmay qoladi, garovga qo'yuvchi tomonidan olingan, garov to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilgan tovarlar esa — garovga qo'yuvchida ularga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan paytdan e'tiboran garov narsasiga aylanadi. Garovga qo'yuvchi muomaladagi tovarlar garovi shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi garovga qo'yilgan tovarlarga o'z belgilari va muhrlarini (muhrlar mavjud bo'lgan taqdirda) bosib, tartibni buzish bartaraf qilingunga qadar ular bilan amalga oshipiladigan operatsiyalarni to'xtatib turishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.