Garovga oluvchi talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yo'li bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga berish haqidagi qoidalarga (ushbu Kodeksning 313-321-moddalari) rioya qilgan holda garov to'g'risidagi shartnoma bo'yicha o'z huquqlarini boshqa shaxsga berishga haqli.
Garovga oluvchining garov to'g'risidagi shartnoma bo'yicha o'z huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan ta'minlangan asosiy majburiyat bo'yicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham o'sha shaxs foydasiga voz kechilgan bo'lsa, haqiqiy bo'ladi.
Agar boshqacha hol isbotlangan bo'lmasa, ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishini ham anglatadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
286-modda. Garov to'g'risidagi shartnoma bo'yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.