Garovga qo'yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo'jalik asosida yuritish huquqi garovga qo'yuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o'tgan taqdirda garov huquqi o'z kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo'yilgan mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi yoki xo'jalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga o'tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno.
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda o'zgacha tartib belgilangan bo'lmasa, garovga qo'yuvchining huquqiy vorisi garovga qo'yuvchining o'rniga o'tadi va uning hamma burchlarini bajaradi.
Agar garovga qo'yuvchining garov narsasi bo'lgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga o'tgan bo'lsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan ta'minlangan majburiyatni bajarmaslikning gapovdan kelib chiqadigan oqibatiga mazkur mol-mulkning o'ziga o'tgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi bo'linmasa yoki boshqa asoslarga ko'ra huquqiy vorislarning umumiy mulki bo'lib qolsa, ular solidar garovga qo'yuvchilarga aylanadilar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
284-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkka bo'lgan huquq boshqa shaxsga o'tganida garovning saqlanishi
(284-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.