Agar shartnomada o'zgacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa yoki garovning mohiyatidan anglashilmasa, garovga qo'yuvchi garov narsasidan uning vazifasiga ko'ra foydalanishga, shu jumladan undan hosil va daromadlar olishga haqli.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa va garovning mohiyatidan anglashilmasa, garovga qo'yuvchi faqat garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berishga, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshipishga yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.
Garovga qo'yuvchining garovga qo'yilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv o'z-o'zidan haqiqiy emasdir.
Garovga oluvchi o'ziga topshirilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina foydalanishga haqli bo'lib, garovga qo'yuvchiga undan foydalanish to'g'risida muntazam hisobot bepib turadi. Shartnomaga muvofiq garovga oluvchi zimmasiga asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qo'yuvchining manfaatlarini ko'zlab, garov narsasidan hosil va daromadlar olish burchi yuklab qo'yilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
277-modda. Garov narsasidan foydalanish va uni tasarruf etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.