Fuqarolik kodeksi

252-modda. Solidar qarzdorlar majburiyati bo'yicha kreditorning huquqlari

Qarzdorlar sherik bo'lib majburiyat olganida kreditor hamma qarzdorlardan majburiyatni solidar bajarishni ham, ularning har biridan alohida-alohida bajarishni ham, shu bilan birga qarzni to'la yoki uning bir qismini bajarishni ham talab qilishga haqli. Solidar qarzdorlarning biridan to'liq qanoatlanmagan kreditor ololmagan narsasini boshqa solidar qarzdorlardan talab qilish huquqiga ega. Solidar qarzdorlar majburiyat to'la bajarilgunicha burchli bo'lib qolaveradilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.